Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.
Gallery image 210253
Gallery image 210254
Gallery image 210255
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
07 Avg 2026
10:17

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan sessiya qarori ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-17-21-8-114-K/26-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni asosida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lmagan 31 nafar oilaning xonadonini energiya tejamkor usulda ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida Kotibiyat deputati M.Namazov mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Hasanova Dildora Shavkat qizi xonadonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan ham tanishib, ularning sifati va belgilangan loyiha asosida bajarilishini ko‘zdan kechirdi.
Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari deputatlar nazoratida bo‘lib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.