Barcha yangiliklar







GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
07 Avg 2026
10:14
Deputat mahalladagi ko‘chaboshilar bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyundagi PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, mahalla boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, infratuzilmani yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘chaboshilarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.