Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
Gallery image 210238
Gallery image 210239
Gallery image 210240
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Avg 2026
20:59

#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda tuman hokimligi vakili ishtirokida "Yangiqurilish" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, hududning sanitariya holati, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, jamoat joylarini obodonlashtirish hamda beton ariqlarni yotqizish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning holati tahlil qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi.

Nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda mahallani namunali saqlash yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram