Barcha yangiliklar
19¹-modda  #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida #Deputat_va_kotibiyat_bosh_mutaxassisi #Deputat_mahalla_ko‘cha_boshlari
Gallery image 210194
Gallery image 210195
Gallery image 210196
Gallery image 210197
Gallery image 210198
Gallery image 210199
Gallery image 210200
Gallery image 210201
Gallery image 210202
Gallery image 210203
Gallery image 210204
Gallery image 210205
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Avg 2026
20:15

19¹-modda #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida #Deputat_va_kotibiyat_bosh_mutaxassisi #Deputat_mahalla_ko‘cha_boshlari

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 25-"Katta Vaxshivor" saylov okrugidan saylangan deputat Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2026-yil
5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-son qarori
ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda belgilangan vazifalarning amaldagi ijro holatini o‘rganish maqsadida "Katta Vaxshivor" mahallasida nazorat-tahlil tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqov, mahalla faollari va ko‘cha boshilari ishtirok etdi. 

O‘rganish davomida qarorda belgilangan topshiriqlarning ijro holati atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini
jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. 

Deputat tomonidan qarorlar ijrosi ustidan tizimli deputatlik nazoratini amalga oshirish, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.