Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 209975
Gallery image 209976
Gallery image 209977
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
07 Avg 2026
18:28

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_masala

Bandixon tumanida «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish, tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda hududlarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Obod yurt" mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining «Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 681-sonli Qonuni ijrosining borishini xonadonbay o‘rgandilar.

Monitoring davomida tomorqa yerlaridan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromad manbalarini ko‘paytirish holati tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida yer egalariga tomorqadan unumli foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish va daromadni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.