Barcha yangiliklar
ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
Gallery image 209923
Gallery image 209924
Gallery image 209925
Gallery image 209926
Gallery image 209927
Gallery image 209928
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
07 Avg 2026
18:06

ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

ISTIROHAT MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI

📁 Mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savoli ijrosi hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni joylarda o‘rganish bo‘yicha tuzilgan komissiya tomonidan Istirohat mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tanqidiy o‘rganildi.

🔴 O‘rganish davomida 14-10/211-sonli gaz taqsimlash punkti (GTP) hamda unga tutash o‘rta bosimli gaz tarmoqlarining texnik holati mas'ul mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

⚡ Shuningdek, hududdagi 1908-sonli transformator punkti (TP) faoliyati, elektr ta'minoti barqarorligi va tarmoqlarda o‘rnatilgan SIP simlarining amaldagi holati o‘rganilib, fuqarolarning yangi tizim yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

🧠 Bundan tashqari, hududdagi tadbirkorlik subyektlariga tortilgan gaz tarmoqlarining texnik holati ham ko‘zdan kechirilib, mavjud infratuzilmaning kuz-qish mavsumidagi barqaror ishlashi yuzasidan mas'ullar bilan muhokama o‘tkazildi.

📈 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olindi.