Barcha yangiliklar
Shursoy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 209774
Gallery image 209775
Gallery image 209776
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
07 Avg 2026
16:48

Shursoy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Shursoy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#HAFTALIK_ISH_REJA

🚨 Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi kotibiyat mudiri O'.Murodov, Sho'rsoy saylov okrugi deputati S.Bahoviddinov bilan birgalikda Shursoy mahallasida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati o‘rganildi.

🚨 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash, ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning murojaatlarini tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🚨 Shuningdek, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.