Barcha yangiliklar
Sport inshootlari holati o‘rganildi
Gallery image 209765
Gallery image 209766
Gallery image 209767
Gallery image 209768
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
07 Avg 2026
16:42

Sport inshootlari holati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati 13-“Farg‘ona” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi N.Uralova va kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov 8-sonli umumta’lim maktabida sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi holati o‘rganildi. O‘rganishda O‘zbekiston XDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev
ishtirok etdi. 8-sonli umumta’lim maktabida 1275 nafar o‘quvchilar bilim oladi. Fizkultura o‘qituvchilari Sh.Boymatova, I.Xoshimova bilan suhbatlashilganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sakrong‘ich (skakalka), aylana (obruch), gimnastika skameykalari, shaxmat, shashka doskalari, sport arqonlari yetishmasligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu yetishmayotgan sport jihozlari bilan ta’minlash maqsadida shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat etilishi belgilandi va ijrosi nazorotga olindi.