Barcha yangiliklar
#nazorat tadbiri
Gallery image 209636
Gallery image 209637
Gallery image 209634
Gallery image 209635
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
03 Avg 2026
16:22

#nazorat tadbiri

Olmaliq shahrining "Chambil" mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi. Tadbir davomida hudud turli chiqindilardan tozalanib, atrofdagi muhit tartibga keltirildi.

Jarayon bevosita Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Faxriddin Matasimov hamda Abdujabbor Djurayev tomonidan nazorat qilindi.

🔍 O‘rganish natijalari:
Hududdagi mavjud kamchiliklar joyida aniqlandi.
Atrof-muhitni yanada obod qilish va tozalikni saqlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

📌 Mazkur o‘rganish tadbiriga Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov mas’ul sifatida jalb etildi.Chambil mahallasida obodonlashtirish va nazorat tadbirlari bo‘lib o‘tdi