Barcha yangiliklar
#Dolzarb 90 kun #o'rganish
Gallery image 209595
Gallery image 209596
Gallery image 209597
Gallery image 209598
Gallery image 209599
Gallery image 209600
Gallery image 209601
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
01 Avg 2026
16:17

#Dolzarb 90 kun #o'rganish

Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sayin ta’lim muassasalarida tayyorgarlik ishlari yanada qizg‘in tus olmoqda. Shu munosabat bilan, "Dolzarb 90 kun" aksiyasi doirasida Olmaliq shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Jarayonda bevosita:
Qizilgul Qosimova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati;
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri.

Ishchi guruh tomonidan maktabdagi quyidagi muhim yo‘nalishlar ko‘zdan kechirildi va tegishli tavsiyalar berildi:

📚 Yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: Sinfxonalarning holati, darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga shaylik: Isitish tizimlarining sozligi, bino va inshootlarning mavsumga tayyorligi.
🎨 Yozgi ta’tilda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish: Maktabda faoliyat yuritayotgan turli sport, san’at va fan to‘garaklarining ishlash jarayoni.