Barcha yangiliklar
#dolzarb_40kun #obodlik #nazorat
Gallery image 209590
Gallery image 209591
Gallery image 209592
Gallery image 209593
Gallery image 209594
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
31 Iyul 2026
16:16

#dolzarb_40kun #obodlik #nazorat

Olmaliq shahri bo‘ylab "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini keng joriy etish hamda mahalla infratuzilmasini kompleks yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kabi ezgu tashabbuslar doirasida Abdulla Avloniy mahallasida ham dastur va belgilangan tamoyillar asosida olib borilayotgan amaliy jarayonlar atroficha o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida:
Hudud deputati Oybek Qurolboyevning Kotibiyatdan vakili Mukarram Ne'matullayeva hamda 21-okrug deputati Muhiddin Abdullayev mahalla hududini ko‘zdan kechirishdi.
O'rganish davomida mahalladagi ko‘chalar holati, tungi yoritish chiroqlarining sozligi hamda hududlarning umumiy obodonchilik darajasi alohida e'tiborga olindi.

O‘rganish natijalari asosida hududda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha "Mahalla yettiligi"ga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.