Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 209271
Gallery image 209272
Gallery image 209273
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
07 Avg 2026
14:59

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev 24 ta tavsiya doirasida “Oliy Himmat” mahallasida yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat mahalla profilaktika inspektori tomonidan yoshlarning konstitusion huquq va majburiyatlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qo‘shimacha tavsiyalar berdi.