Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 209211
Gallery image 209212
Gallery image 209213
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
07 Avg 2026
14:42

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#mahallasidagi_ko‘cha_boshilari_bilan_uchrashuv

🤝 Mahalladagi muammolar va takliflar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan "Bog‘iobod" mahallasidagi ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣️ Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda hududni yanada obodonlashtirish va rivojlantirish yuzasidan ko‘cha boshilarining fikr va takliflari tinglandi.

📋 Muloqot jarayonida infratuzilma, obodonlashtirish, ijtimoiy masalalar hamda fuqarolarni tashvishga solayotgan boshqa muammolar muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✅ Bunday uchrashuvlar hududdagi muammolarni joyida o‘rganish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va mavjud masalalarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.