Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 209192
Gallery image 209193
Gallery image 209194
Gallery image 209195
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
07 Avg 2026
14:36

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi a’zosi Joxongir Gulamov saylov okrugidagi “Turon” mahallasida bo‘lib, “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirlayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, “mahalla yettiligi” bilan hududda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, sanitar holatni talab darajasiga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazildi, hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va xonadonlar atrofini tartibga keltirish bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Tashrif davomida mahallada aholining farovon hayotini ta’minlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va joylardagi dolzarb masalalarga tezkor yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.