Barcha yangiliklar
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Gallery image 209157
Gallery image 209158
Gallery image 209159
Gallery image 209160
Gallery image 209161
Gallery image 209162
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
07 Avg 2026
14:26

HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

 HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

⚡️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Turdiqul Bobomuratov tomonidan “Guruchariq” MFY hududida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida, xususan:


🔹 bolalar o‘yingohlari va sport maydonchalarining holati;
🔹 hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
🔹 ko‘p qavatli uylarning podezd va ichki yo‘laklari sanitariya-obodonlashtirish holati;
🔹 hududdagi maishiy chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishi, chiqindi to‘plash joylarining sanitariya holati hamda maxsus jihozlanganligi;
🔹 aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va hududdagi mavjud muammolar holati o‘rganildi.

📌 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, sanitariya-obodonlashtirish holatini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.

🇺🇿 Mahalliy Kengash deputatining hududdagi amaliy faoliyati — aholi manfaatlarini ta’minlash va mahalladagi muammolarni manzilli hal etishga xizmat qiladi.

⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!