Barcha yangiliklar
ICHIMLIK SUVI SIFATI VA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI.
Gallery image 208818
Gallery image 208819
Gallery image 208820
Gallery image 208821
Gallery image 208822
Gallery image 208823
Gallery image 208824
Gallery image 208825
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
29 Iyul 2026
00:00

ICHIMLIK SUVI SIFATI VA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S. Nomozovlar tomonidan tumanda aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, shuningdek, kanalizatsiya tizimlari faoliyatining samaradorligini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida ichimlik suvi ta’minoti tizimining amaldagi holati, suv inshootlarining ishlash jarayoni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ichimlik suvining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida suv namunalari olinib, laboratoriya tahliliga yuborildi.
Tahlil natijalari asosida mavjud holatga huquqiy va amaliy baho berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinadi.
Mazkur o‘rganishlar aholining hayot sifati va salomatligini muhofaza qilish, shuningdek, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.