Barcha yangiliklar
DEPUTAT TASHABBUSI AMALIY NATIJA BERMOQDA.
Gallery image 208812
Gallery image 208813
Gallery image 208814
Gallery image 208815
Gallery image 208816
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
29 Iyul 2026
00:00

DEPUTAT TASHABBUSI AMALIY NATIJA BERMOQDA.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputatlari tomonidan Sardoba tumani tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yana-da yaxshilash zarurligi qayd etildi.
Mazkur masalaga amaliy yondashgan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati A.Berdiqulov deputatlik homiyligi asosida Sardoba tumani tibbiyot birlashmasiga
2 ta zamonaviy kondisioner o‘rnatib berdi.
Ushbu tashabbus tibbiyot muassasasida qulay muhit yaratish, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari L.Toshquvvatov va S.Nomozovlar tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, deputat A. Berdiqulov tomonidan o‘rnatilgan kondisionerlarning o‘rnatilish jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Aholi manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy sohada mavjud muammolarni amaliy ishlar orqali bartaraf etishga qaratilgan bunday tashabbuslar deputat A.Berdiqulovning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyati, tashabbuskorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishga qaratilgan faoliyatining amaliy ifodasidir.