Barcha yangiliklar
"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA
Gallery image 208769
Gallery image 208770
Gallery image 208771
Gallery image 208772
Gallery image 208773
Gallery image 208774
Gallery image 208775
Gallery image 208776
Gallery image 208777
Gallery image 208778
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
07 Avg 2026
10:15

"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA

"DOLZARB 40 KUNLIK": KITOB TUMANIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI QIZGʻIN PALLADA

Yurtimiz boʻylab eʼlon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida Kitob tumanining barcha goʻshalarida boʻlgani kabi, Xoʻjailmkon MFY hududida ham keng koʻlamli obodonlashtirish va tozalik ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

🌿 Ommaviy hashar — obodlik garovi
Mahalla ahli bir tanu bir jon boʻlib, xonadonlari va koʻchalarini tartibga keltirishga kirishgan. Jarayonlar haqiqiy bayramona kayfiyatda, ommaviy hashar ruhida oʻtmoqda.

Ayni damda hududda:

Koʻcha boʻylaridagi devorlar oqlanib, atrofgatartibli koʻrinish berilmoqda;

Daraxtlarga shakl berilib, butash ishlari bajarilmoqda;

Eng muhimi, deyarli har bir xonadon vakili koʻchaga chiqib, oʻz hududiga suv sepib, supurib-sidirmoqda.

Bu esa chang-toʻzonning oldini olib, havoning musaffoligini taʼminlamoqda.

🚜 Sugʻorish tarmoqlarini tartibga solish

Ekin maydonlari va tomorqalarni suv bilan taʼminlash tizimini yaxshilash maqsadida ichki ariqlar va zovurlarni tozalash ishlariga maxsus texnikalar jalb etilgan.

Texnikalar yordamida ariqlar qazilib, chuqurlashtirilmoqda, bu esa kelgusida suv tanqisligining oldini olishga xizmat qiladi.

🏛 Deputat nazorati va aholi bilan muloqot
Tuman Kengashi deputati Nargiza Mirova Xoʻjagul qishlogʻi koʻchaboshi A.Niyozov bilan birgalikda hashar jarayonlarida bevosita ishtirok etib, ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Deputat hasharlar davomida aholi bilan yaqindan muloqot qilib, ularni qiynayotgan boshqa muammolarni ham tingladi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida aniqlangan qator kamchiliklar yuzasidan deputat N.Mirova tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik soʻrovlari yuborildi.

"Mahallamizning har bir qarich yeri obod boʻlishi, har bir fuqaroning yashash sharoiti yaxshilanishi biz uchun muhim. Bugungi hashardagi birligimiz va hamjihatligimiz — kelajakdagi farovonligimiz poydevoridir", — dedi deputat Nargiza Mirova.
Obodonlashtirish ishlari va deputatlik soʻrovlari ijrosi nazoratga olingan.

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  ✅Telegram | 📹YouTube