Barcha yangiliklar
HUDUDNI KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 208714
Gallery image 208715
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
06 Avg 2026
10:02

HUDUDNI KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yusupov Ravshan Abilovich tashabbusi bilan “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

✔️Mazkur tashabbus doirasida hududda yer maydonlari obodonlashtirilib, gul va manzarali o‘simliklar ekish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, manzarali daraxt va ignabargli ko‘chatlar ekish, yashil hududlarni kengaytirish hamda mahalla hududining ekologik va estetik qiyofasini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📝Amalga oshirilayotgan ishlar aholi uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratish, yashil maydonlar ko‘lamini kengaytirish hamda mahalla hududining obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qiladi.

🌳Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!