Barcha yangiliklar
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA!
Gallery image 208637
Gallery image 208638
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
06 Avg 2026
09:44

“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDAGI ISHLAR JADAL DAVOM ETMOQDA!

”Turkiston” mahallasida Administratsiya ishchi guruhi, Toshkent shahar prokurori o'rinbosari U.Mamarajabov, Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i A.Ortikov, Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev, tuman prokurori Y.Abdurahmonov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari boshchiligida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kommunal xizmatlar, mahalla yettiligi va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

➡️ Yig‘ilish davomida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Dolzarb 40 kunlik” doirasida belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng hududda o‘rganish ishlari olib borilib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Bizni kuzatishda davom eting!