Barcha yangiliklar
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
Gallery image 208546
Gallery image 208547
Gallery image 208548
Gallery image 208549
Gallery image 208550
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 Avg 2026
19:26

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 16-Mo‘minqul saylov okrugidan saylangan deputat R.Qodirov tomonidan “Mo‘minqul” mahallasida mahalla raisi, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirokida aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni joyida hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube