Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Okrugda_o‘rganish
Gallery image 208517
Gallery image 208518
Gallery image 208519
Gallery image 208520
Gallery image 208521
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 Avg 2026
19:16

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Okrugda_o‘rganish

Oltinsoy tumanining “Ovchi” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich mazkur obyektga tashrif buyurilib, olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi o‘quv binosini barpo etish rejalashtirilgan. Ayni paytda qurilish maydonida belgilangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyihaning tasdiqlangan hujjatlar asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram