Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputat_faoliyati
Gallery image 208482
Gallery image 208483
Gallery image 208484
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 Avg 2026
19:00

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan “Ekraz” mahallasida joylashgan 24-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, sinf xonalarining shayligi, moddiy-texnik bazaning holati hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube