Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
Gallery image 208445
Gallery image 208446
Gallery image 208447
Gallery image 208448
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Avg 2026
18:44

Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Temirxo‘ja mahallasi fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish Kengash kotibiyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.