Barcha yangiliklar
Xiyobonlar holati o‘rganildi.
Gallery image 208434
Gallery image 208435
Gallery image 208436
Gallery image 208437
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
06 Avg 2026
18:44

Xiyobonlar holati o‘rganildi.

   

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 11-“Turkiston” okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi E.Abduraxmonovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan “Obod turmush” mahallasida joylashgan “Ustoz va murabbiylar” Xiyoboni holati o‘rganildi. O‘rganishda O‘zbekiston XDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev ishtirok etdi. Mazkur hiyobonda aholi dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Biroq, Xiyobon hududida tabiiy chiqindilar to‘planib qolganva olib chiqib ketilmagan, hududning kirish qismidagi dov-daraxtlar sug‘orilmaganligi bois qurish arafasida, “ikki dugona” haykali ta’mirlashga muhtoj holatga kelib qolgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Suvonovga murojaat etildi va ijrosi nazoratga olindi.