Barcha yangiliklar
Deputat nazoratida: mahalla ichki yo‘llari va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 208368
Gallery image 208369
Gallery image 208370
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Avg 2026
18:18

Deputat nazoratida: mahalla ichki yo‘llari va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 8-bandi ijrosi yuzasidan Olti Qahramon mahallasida obodonlashtirish ishlari hamda mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash oldidan olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning bugungi holati, asfalt yotqizish uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari, ta’mirtalab yo‘llar va ularning aholi uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanishni ta’minlashdagi ahamiyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Mahalladagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar uchun qulay infratuzilmani yaratish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.