Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda
Gallery image 208291
Gallery image 208292
Gallery image 208293
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Avg 2026
18:05

Deputat nazorati: maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2 yillik tahlil hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi” masalasi yuzasidan deputat nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Qoraquppa mahallasidagi 44-sonli umumta’lim maktabi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganishda maktab binosining holati, o‘quv xonalari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, jihoz bilan ta’minlanganlik darajasi o‘quvchi uchun yaratilayotgan sharoit ko‘zdan kechirildi.