Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: “Toza hudud” faoliyati o‘rganilmoqda
Gallery image 208282
Gallery image 208283
Gallery image 208284
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
06 Avg 2026
18:03

Deputat nazorati: “Toza hudud” faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumandagi sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish borasida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan deputat nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasida o‘rganish ishlari tashkil etildi.

O‘rganish davomida hududning sanitariya holati, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish jarayonlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinib, sohada samaradorlikni oshirish bo‘yicha choralar belgilanadi.