Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 208213
Gallery image 208214
Gallery image 208215
Gallery image 208216
Gallery image 208217
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
22 Iyul 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mahallada aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yana-da oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.