Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Gallery image 208230
Gallery image 208231
Gallery image 208232
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
06 Avg 2026
17:23

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida Chilonzor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 78-son “Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosining amaliy holatini o‘rganish maqsadida yo‘llandi.

So‘rovda 18-Guliston saylov okrugi fuqarolarining murojaatlari asosida davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida tashkil etilgan pullik sport to‘garaklari faoliyati, ulardan foydalanish imkoniyatlari, bolalar va yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, to‘lovlar hamda mavjud imtiyozlar yuzasidan aniq ma’lumot taqdim etish so‘raldi.