Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 208199
Gallery image 208200
Gallery image 208201
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
22 Iyul 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimining holati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida ko‘chatlarni muntazam parvarishlash, ularni o‘z vaqtida sug‘orish, sug‘orish tarmoqlarining texnik holati hamda yashil hududlarni saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud sug‘orish tizimidan samarali foydalanish, ko‘chatlarning qurib qolishining oldini olish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va parvarish ishlarini yana-da kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasining samaradorligi nafaqat ko‘chat ekish, balki ularni muntazam parvarishlash va sug‘orish ishlarini sifatli tashkil etishga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi.