Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 24212
Gallery image 24213
Gallery image 24214
Gallery image 24215
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
20 Yan 2025
15:45

Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining majlislar zalida navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida Xalq deputatlari shahar Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar bo‘yicha" doimiy komissiyasining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Mazkur komissiya yig‘ilishida deputatlar Jizzax shahrida hududiy tashkilotlarni murojaatlar bilan ishlash holati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamoat xavfsizligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini taʼminlash to‘g‘risida tegishli mutasaddi rahbarlarning axborot va hisobotlari eshitildi. Komissiya yig‘ilishida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini va takliflarini bildirishdi.