Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 208191
Gallery image 208192
Gallery image 208193
Gallery image 208194
Gallery image 208195
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
06 Avg 2026
17:23

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📑 Xalq deputatlari sherobod tumani kengashining qarori.

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 22-iyuldagi VII-24-66-8-119-K/26-sonli qarori bilan Sherobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh. Suvonovning Sherobod tumani hokimligi huzuridagi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi hisoboti ma'qullangan.

Mazkur qarorga muvofiq, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.

⚽ Ushbu mablag‘lar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.