Barcha yangiliklar
Prezidentning 298-sonli qarori: islohotlar amalda
Gallery image 208068
Gallery image 208069
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
13 Iyul 2026
00:00

Prezidentning 298-sonli qarori: islohotlar amalda

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassislari S.Nomozov hamda L.Toshquvvatovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 298-sonli qarori ijrosi doirasida Sardoba tumani Navro‘z mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganild
O‘rganish jarayonida mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy ishlar, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va mahallani yana-da obod hamda namunaviy hududga aylantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Bunday amaliy ishlar aholi farovonligini ta’minlash va mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilashga xizmat qiladi.