Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 207982
Gallery image 207983
Gallery image 207984
Gallery image 207985
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
09 Iyul 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan Navro‘z mahallasi “Do‘stlik” ko‘chasida ekilgan ko‘chatlarning sug‘orish tarmog‘i bilan ta’minlanmaganligi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mazkur hududdagi ko‘chatlarning muntazam sug‘orilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan sug‘orish tarmog‘i mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu holat ko‘chatlarning to‘liq parvarish qilinishi va yashovchanligini ta’minlashda muayyan qiyinchiliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘chatlarni sug‘orish tarmog‘i bilan ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, masala nazoratga olindi. Bu borada zarur amaliy choralar ko‘rilishi belgiland