Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 207963
Gallery image 207964
Gallery image 207965
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
09 Iyul 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Toshquvvatov tomonidan Xalqobod mahallasi “Do‘stlik” ko‘chasida ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish tarmog‘i bilan ta’minlanganligi hamda ta’minlanmagan hududlar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida ko‘chatlarning sug‘orish tizimiga ulanish holati, mavjud infratuzilmaning samaradorligi va sug‘orish tarmog‘iga ehtiyoj mavjud bo‘lgan uchastkalar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish hamda ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.