Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 207956
Gallery image 207957
Gallery image 207958
Gallery image 207959
Gallery image 207960
Gallery image 207961
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
09 Iyul 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

"Payshanba - Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani "Navro'z" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov, tuman prokurori Ravshanbek Norbayev, tuman IIB boshlig‘i Bekzod Sanayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Oybek Ikramov ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.