Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 207701
Gallery image 207702
Gallery image 207703
Gallery image 207704
Gallery image 207705
Gallery image 207706
Gallery image 207707
Gallery image 207708
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
06 Avg 2026
15:06

#24_ta_masala

#24_ta_masala

🔰 Kosonsoy mahallalarida obodlik va mehr-saxovat oyligi: Deputatlar — xalq bilan birga, mahalla obodligi yo‘lida!

🌿 Kosonsoy tumani mahallalarida «Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi» doirasida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda umumxalq hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

🤝 E’tiborli jihati, ushbu ezgu ishlardan xalq deputatlari ham chetda qolmayapti.

Deputatlar o‘z saylov okruglari hududlarida tashkil etilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida aholi, mahalla yettiligi, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bilan birgalikda faol ishtirok etmoqda.

🏡 Hasharlar davomida ko‘chalar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar, jamoat joylari va qabristonlar obodonlashtirilib, hududlarning sanitariya holati yaxshilanmoqda. Shuningdek, daraxtlarga shakl berish, ularni oqlash, yashil hududlarni parvarishlash, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

👥 Deputatlarning bevosita hududlarda aholi bilan bir safda mehnat qilishi nafaqat mahallalarni yanada obod qilishga, balki aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube