Barcha yangiliklar
Mustaqillik ko‘chasida tungi yoritish holati deputatlik nazoratida
Gallery image 207604
Gallery image 207605
Gallery image 207606
Gallery image 207607
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Avg 2026
14:13

Mustaqillik ko‘chasida tungi yoritish holati deputatlik nazoratida

Mustaqillik ko‘chasida tungi yoritish holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mustaqillik ko‘chasining tungi yoritilish holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ko‘chadagi tashqi yoritish tizimining mavjud holati, yoritish vositalarining ishlashi, aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari atroflicha tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘chalarni sifatli yoritishni ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga amaliy tavsiyalar berildi.
Bunday nazorat tadbirlari mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, aholi xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning hayot sifatiga daxldor masalalarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.