Barcha yangiliklar
YOSHLAR MANFAATLARI – DOIMO E’TIBOR MARKAZIDA
Gallery image 207595
Gallery image 207596
Gallery image 207597
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Avg 2026
14:09

YOSHLAR MANFAATLARI – DOIMO E’TIBOR MARKAZIDA

YOSHLAR MANFAATLARI – DOIMO E’TIBOR MARKAZIDA

Mo‘g‘ol mahallasida mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchi yoshlarga biriktirilgan rahbar, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ko’lieva Shoxsanam  va Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Muhammadiyeva Charos Sobir qizi ishtirok etib, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari hamda mavjud davlat dasturlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, yoshlar va ularning ota-onalarining fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.