Barcha yangiliklar
#Deputat_nazorati
Gallery image 207545
Gallery image 207546
Gallery image 207547
Gallery image 207548
Gallery image 207549
Gallery image 207550
PULATOVA XOLBUNISO IRGASHEVNA
06 Avg 2026
13:02

#Deputat_nazorati

DEPUTAT TOMONIDAN SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati M. Nigmatov tomonidan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 2026-yil 31-iyuldagi VII-32-66-10-148-K/26-sonli sessiya qarori ijrosi yuzasidan Lashkar va Nishbosh mahallalari hududida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarni turizm yo‘nalishida rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan suv tarmog‘ini tortish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda loyiha ijrosining amaldagi holati yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan sessiya qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda. Mazkur nazorat tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.