Barcha yangiliklar
Botirma mahallasida ajrimlar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
Gallery image 207504
Gallery image 207505
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
06 Avg 2026
12:14

Botirma mahallasida ajrimlar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Botirma mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy muhit va aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rgandi.
Tashrif davomida mahallada ajrimlar sonining ortib borayotgani alohida muhokama qilinib, oilalarni mustahkamlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda ajrimlar sonini kamaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, profilaktik suhbatlar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish hamda mahalla aholisi bilan doimiy muloqotda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.