Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 207444
Gallery image 207445
Gallery image 207446
Gallery image 207447
Gallery image 207448
Gallery image 207449
Gallery image 207450
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
06 Avg 2026
11:44

Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_qonun

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 25-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining nazorat-tahlil tadbirlari doirasida 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratovaga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov 25-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, o‘quvchi-yoshlar uchun munosib va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Monitoring davomida muassasaning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalarining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jihozlarining yetarliligi hamda maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yaqindan o‘rganildi.

Tashrif yakunida ta’lim muassasasida yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va obodonlashtirish ishlarini belgilangan me’yorlar asosida yakuniga yetkazish bo‘yicha maktab mas’ullariga aniq tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.