Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 207402
Gallery image 207403
Gallery image 207404
Gallery image 207405
Gallery image 207406
Gallery image 207407
Gallery image 207408
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
06 Avg 2026
11:32

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Ravshan Umarov okrugidagi “Mirzakalon Ismoiliy” MFY “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududni obodonlashtirish, ko‘chalarda tozalikni ta’minlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va mahallalarning ko‘rkam qiyofasini yanada yaxshilash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni muhokama qildi.

Shuningdek, deputat tomonidan joylardagi muammolar o‘rganilib, mahalla hududida tozalik va ozodalikni ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish yuzasidan ijro hokimiyati va mas’ul idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.