Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 207361
Gallery image 207362
Gallery image 207363
Gallery image 207364
Gallery image 207365
Gallery image 207366
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
22 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari N.Hamidova va S.Abduvaliyevalar tomonidan tuman Politexnikumining Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida markazdagi kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot resurslaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kitoblar fondini yana-da boyitish, elektron resurslardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish va kitobxonlar faolligini oshirish zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda markaz faoliyati samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.