Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 207357
Gallery image 207358
Gallery image 207359
Gallery image 207360
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
06 Avg 2026
11:25

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 💧 Suv ta’minoti bilan bog‘liq masala joyida o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan “Oltinvoha” mahalla fuqarolar yig‘ini Sharq ko‘chasida joylashgan suv taqsimlash punktidagi muammo yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida mazkur hududdagi suv nasosi nosoz holga kelganligi sababli yuzaga kelgan holat ko‘zdan kechirildi. Masalani joyida o‘rganish jarayonida “Surxondaryosuvta’minoti” AJ Sherobod tuman bo‘limi boshlig‘i K. Eshonqulov ishtirok etdi.

🤝 Mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish, aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

✅ Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom etmoqda.