Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 207335
Gallery image 207336
Gallery image 207337
Gallery image 207338
Gallery image 207339
Gallery image 207340
Gallery image 207341
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
19 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov hamda tuman IIB boshlig‘i B.Sanayev tomonidan Birlashgan mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, xavfsizlik vositalari va zamonaviy kuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida tadbirkorlik obyektlarida videokuzatuv kameralari, yong‘in xavfsizligi vositalari va boshqa texnik muhofaza qurilmalarini o‘rnatishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mulk xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda xavfsiz biznes muhitini yaratish borasida amaliy tavsiyalar bildirildi.
Uchrashuv yakunida tadbirkorlarning bu boradagi fikr va takliflari tinglanib, xavfsizlik choralarini yana-da kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.