Barcha yangiliklar
DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Gallery image 207311
Gallery image 207312
Gallery image 207313
Gallery image 207314
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
05 Avg 2026
11:11

DOLZARB 40 KUNLIK” DASTURI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida 17-Adolat saylov okrugi hududida obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🌿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqborxon Kutbitdinovna hududda olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etib, mahalla hududlarini tartibga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishga qaratilgan ishlarni joyida nazorat qilmoqda.

🤝Amalga oshirilayotgan ishlar davomida hududdagi mavjud kamchiliklar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilanmoqda.

✔️Mahallalarni yanada obod, fayzli va qulay maskanga aylantirishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati ostida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!