Barcha yangiliklar
Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Gallery image 207207
Gallery image 207208
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
06 Avg 2026
10:21

Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Fidokor mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Fidokor mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Norqulov tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida saylovchilarning murojaatlari tinglanib, ularda ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, bandlik va boshqa dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilab olindi hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Bu kabi qabullar aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, saylovchilarning ishonchini oshirish hamda hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.