Barcha yangiliklar
Mingbuloq mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va narx-navo o‘rganildi
Gallery image 207184
Gallery image 207185
Gallery image 207186
Gallery image 207187
Gallery image 207188
Gallery image 207189
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
06 Avg 2026
10:12

Mingbuloq mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va narx-navo o‘rganildi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Mingbuloq mahallasida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari hamda savdo do‘konlari faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida aholi uchun yaratilgan
shart-sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahsulotlar turlari, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyati o‘rganildi.
Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj tovarlarining narx-navolari, narxlar barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar sifatini nazorat qilish hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi. Deputat tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish, mahsulotlar sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratish hamda narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tashrif yakunida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, savdo obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.